Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati prokurori o‘zgardi

Navoiy viloyati prokurori o‘zgardi

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Azamat Egamberdiyevich Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

U ushbu lavozimda shu kunga qadar viloyat prokurori sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Ahmedovni almashtirgan.

A.Mirzayev tayinlovga qadar Qashqadaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Navoiy viloyatining sobiq prokurori Baxtiyor Ahmedovning Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring