Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

G‘afforov Elbek Istamovich 2024-yil 19-fevraldan Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Navoiy viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, E.G‘afforov 1989-yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2011- yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Xalqaro munosabatlar» yo‘nalishini tamomlagan. Rus, ingliz tillarini mukammal biladi.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha bu vazifada 2023-yil may oyidan buyon Islomiddin Norimov ishlab kelayotgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring