Navoiy shahrida birinchi «Coworking markazi» ochildi
![Navoiy shahrida birinchi «Coworking markazi» ochildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1147729170.jpg)
2005-yil Bred Nyuberg dasturchi bo‘lib qolish hamda ofisda ter to‘kib ishlash o‘rtasidagi savolga eng optimal yechim – ikki ofisni birlashtirdi va shu orqali dunyodagi birinchi Kovorkingga asos soldi.
Bir necha yillardan so‘ng kovorking ommalashib butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Bugungi kunda bir vaqtning o‘zida startapchilar hamda dasturchilar birgalikda ishlaydigan kovorking ofislari barcha yirik shaharlarda mavjud.
![](https://static.xabar.uz/uploads/3/720__r2TT2KyCN8Of2ZARTjompde6ibXKM4Fm.jpg)
Jumladan, Navoiy shahrida ham birinchi «Coworking markazi» binosi foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimi Kobul Tursunov, korxona, tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirok etgan ushbu maskan yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovatsion g‘oyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz bo‘lishidan dalolat beradi.
Yoshlar media markazining ma’lumot berishicha, Tadbirkor Sunnatillo Isroilov 2mlrd 200 mlnga qurgan ushbu bino 4 qavatdan iborat. 1 qavatida «Coworking markazi», qolgan qavatlarida ayollar uchun fitnes klub hamda chet-el investorlari uchun barcha qulayliklarga ega ofis tashkil etiladi. Ushbu binoning qolgan qavatlarida ish boshlansa jami 20 nafar yosh ish bilan ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter