Navbatdagi targ‘ibot tadbiri O‘chko‘prikda o‘tkazildi
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Uchko‘prik tumanida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» shiorini o‘zida mujassam etgan ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mavludaxon Ibragimova, Bahromjon Rahmonaliyev, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari, «Fermer va tomorqachi» gazetasi muharriri Ahmadali Teshaboyevlar yig‘ilganlarni yaqinlashayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Ayniqsa, «Shuhrat» medali sohibi, xushovoz xonanda Ikromjon Abdullayev va boshqa xonandalar tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter