Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navbahorda ikki qishloqni bog‘lovchi ko‘prik buzildi. Aholi bundan norozi

Navbahorda ikki qishloqni bog‘lovchi ko‘prik buzildi. Aholi bundan norozi

Foto: «Navoitoday»

Navoiy viloyati, Navbahor tumanining G‘ujbog‘tepa hamda Sug‘diyona qishloqlari o‘rtasidan o‘tuvchi zovurda xalq tomonidan hashar yo‘li bilan qurilib, 14 yildan buyon foydalanib kelinayotgan ko‘prik o‘tgan hafta irrigatsiya korxonasi tomonidan qazish ishlari vaqtida buzib tashlangan. Bu haqda «Navoitoday» xabar berdi.

Xalqning qarshiligiga qaramasdan amalga oshirilgan mazkur ish yuzasidan aholi tuman mas’ullariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, bugungacha masala hal etilgani yo‘q, deyiladi xabarda.

Foto: «Navoitoday»

Mahalliy aholi endi qaysi yo‘ldan qatnaydi? Fotolardan ko‘rish mumkinki, endi ular (ayniqsa, bolalar) o‘z sog‘lig‘ini xavfga qo‘yib, zovurdan xatlab o‘tishga majbur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring