NATO shoshilinch yig‘ilish chaqirdi — Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashdi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashgani munosabati bilan alyans kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazadi. Yig‘ilish bugun, 6-yanvar kuni soat 15:00 da boshlanishi belgilangan.
NATO kengashi a’zolari 3-yanvar kuni AQSh Bag‘dod aeroporti yaqinida raketa zarbalari berganidan so‘ng Iroqda vaziyat keskinlashganini muhokama qilishlari kutilyapti. Eslatib o‘tamiz, ana shu hujum oqibatida eronlik general Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgandi.
Iroq tashqi ishlar vazirligi AQSh Bag‘dodda o‘tkazgan harbiy operatsiya yuzasidan BMT Xavfsizlik kengashiga rasmiy shikoyat yo‘llagan.
Iroq parlamenti kecha, 5-yanvar kuni AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bilan IShIDga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni to‘xtatishga va chet el qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga ovoz bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter