NATO Kosovoga qo‘shimcha qo‘shin yuboradi
NATO Kosovo respublikasida joylashgan KFOR (NATOning Kosovodagi tinchlikparvar kuchlari)ni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ko‘p millatli batalon yuboradi. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, Bolqon davlatiga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborish qarori so‘nggi tartibsizliklar va NATOning 30 nafar jangchisi yaralangani munosabati bilan qabul qilingan.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, KFOR kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 7 kun ichida G‘arbiy Bolqonga qo‘shincha kuchlari joylashtiriladi.
NATOning Neapoldagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni admiral Styuart Munsh barcha tomonlarni Kosovodagi barqarorlikka putur yetkazuvchi harakatlardan tiyilishga chaqirgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 may kuni Kosovo maxsus kuchlari va serblar o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida 30 nafar KFOR askari jarohat olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter