NATO davlatlari Ukrainani alyansga qabul qilishdan bosh tortishi kerak – Rossiya TIV

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko «Izvestiya» gazetasiga katta intervyu berdi.
Unda, jumladan, Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasidagi savollar ham ko‘tarilgan.
Aleksandr Grushko Rossiya tomonining 2021-yildagi AQSh va NATOga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kiritgan taklifi hamda ayni paytda Vashington bilan olib borilayotgan muzokaralarda NATOni 1997 yilgi chegaralarga qaytarish masalasi muhokama qilinayotgani yoki yo‘qligi haqidagi masalalarga to‘xtalgan.
«2021-yilda Rossiya Federatsiyasi ikkita tashabbusni ilgari surdi. Biri AQShga, ikkinchisi NATO davlatlariga qaratilgan edi. Ammo ular qo‘llab-quvvatlanmadi. Biz hamkorlarimiz deb ataluvchi davlatlar mazmunli muloqotga tayyor emasligini angladik. Alyansning harbiy qurilishi tabiati va AQShning harbiy tayyorgarliklari Rossiyadan ustunlikka erishishga qaratilganligi aniq bo‘ldi. Bundan tashqari, , Rossiyaga qarshi asosiy jang maydoni, harbiy amaliyotlar teatri sifatida Ukraina tanlangan», – deydi u.
Grushko, shuningdek, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishning tashqi omillari borligi, Rossiya tomoni tinchlik kelishuviga qat’iy belgilab qo‘yilgan xavfsizlik kafolatlari evaziga rozi bo‘lishini ta’kidlaydi.
«Chunki mazkur shartlarning qaror topishi bilangina Ukrainada mustahkam tinchlikka erishish va umuman mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash mumkin bo‘ladi. Ushbu kafolatlarning bir qismi – Ukrainaning neytral maqomi va NATO davlatlarining uni alyans a’zosi sifatida qabul qilishdan bosh tortishi kerak.
Muhokamalarga kelsak, albatta, ular bugun olib borilmayapti, chunki hech qanday muzokaralarning o‘zi yo‘q», – deydi Aleksandr Grushko.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter