Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA tong otishi arafasidagi Mars osmonini suratga oldi

NASA tong otishi arafasidagi Mars osmonini suratga oldi

Foto: NASA

Perseverance roveri 2025-yil 1-mart kuni tong otishi arafasidagi Mars osmonini suratga oldi. NASA suratni o‘z rasmiy saytiga joylashtirdi.

Osmonni tasvirga olishda Navcam kamerasi minimal yorug‘likda ekspozitsiyaning maksimal uzunligidan foydalandi — har bir kadr uchun 3,28 soniyadan. Jami 16 ta surat olinib, hammasi bitta tasvirga birlashtirildi. Yakuniy fotoning jami tutib turish vaqti taxminan 52 soniyani tashkil qildi.

Suratda Mars yo‘ldoshlaridan biri Deymosni ko‘rish mumkin. O‘lchami kichikligi (diametri taxminan 12,4 km) va sayyoraga juda yaqinligi (20 ming km atrofida) sababli, u Yerdan ko‘rinuvchi Oyga umuman o‘xshamaydi.

NASA aniqlik kiritishicha, tasvirga olish o‘zgacha sharoitda kechgani uchun suratga raqamli shovqin, jumladan, oq dog‘lar tushib qolgan. Ularning ayrimlari fazodagi nurlarning ta’siri natijasi, ba’zilari surat olish jarayonidan qolgan izlar. Mars osmonida Deymosdan tashqari, Asad yulduz turkumining Regul va Algiyeba yulduzlarini ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring