Narkokurer-mushuk qo‘lga tushdi: geroin, shprits, sim-karta...
Novosibirsk (Rossiya)dagi 15-jazoni o‘tash muassasasi hududiga shprits, geroin va sim-karta olib kirayotgan Margo laqabli mushuk qo‘riqchilar tomonidan ushlab olindi. Bu haqda «Vesti» xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, mahkumlar parvarishlab yurgan mushukni sudlanganlardan biri ozodlikka chiqishida o‘zi bilan olib ketgan. Ammo oradan uch soat ham o‘tmay Margo qaytib kelgan. Qo‘riqchilar uni devor orasidagi tirqishdan kirayotganida payqab qolishdi. Mushukning bo‘yinbog‘i ularning e’tiborini tortib, tekshirib ko‘rishdi. Bejizga emas ekan: ichi narkotik bilan to‘ldirilgan uchta shprits, uchta nina, sim-karta va kukun solingan paketcha chiqdi.
Albatta, jonivorga biron ayblov qo‘yib bo‘lmaydi. Sudda guvohlik ham berolmaydi... Aytilishicha, uch yoshli bu mushukning umri qamoqxonada o‘tgan. Hozir Margo sog‘-salomat, ammo giyohvand moddalarni qayerdan «olgani» tekshirilmoqda. Kukun esa ekspertizaga yuborilgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter