Napoleonning shamshiri 4,7 mln yevroga sotildi

Parijdagi kimoshdi savdosida Napoleon Bonapartning shamshiri 4,7 mln yevroga sotildi, deb xabar berdi Giquello auksionlar uyi.
Lotning boshlang‘ich bahosi 700 mingdan 1 mln yevrogacha edi.
Napoleon Bonapart 1803-yilda Versal manufakturasi direktori Nikolya Noel Butega shamshirni yasashga buyurtma bergan. Imperator hukmdorligining deyarli oxirgi kunlarigacha qurolni yonida olib yurgan va keyin uni imperiyaning so‘nggi marshali Emmanuel de Grushiga sovg‘a qilgan. Shamshir hozirgacha marshalning oilasida saqlab kelingan.
Shamshir turk uslubida tayyorlangan va to‘liq pushtirang oltindan yasalgan. Dastasi afsonaviy qahramonlarning bo‘rtma tasvirlari bilan bezatilgan. Napoleon shamshirining asli bilan bir xil nusxasi Sankt-Peterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter