Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandan uchgan to‘tiqush Rossiyaga kiritilmadi

Namangandan uchgan to‘tiqush Rossiyaga kiritilmadi

Yekaterinburgning Kolsovo aeroportida namanganlik shaxs to‘tiqushni O‘zbekistondan Rossiyaga olib kirishga uringanda to‘xtatib qolingan.

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rosselxodnadzor) Sverdlov boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur qushni mamlakatga olib kirish uchun hech qanday hujjatlar taqdim etilmagan.

«Namangandan uchgan yo‘lovchi o‘z qo‘l yuklari orasida Rosselxodnadzor ruxsatisiz qushni mamlakatga olib kirmoqchi bo‘lgan. Ushbu holatda qushning laboratoriya tadqiqotlaridan o‘tkazilgani haqidagi ma’lumot mavjud emas», deyiladi xabarda.

Yakunda ushbu to‘tiqushni Rossiyaga olib kirish taqiqlangan. Aytilishicha, qushcha Bojxona ittifoqi chegarasini kesib o‘tmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring