Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi YTH noxush oqibat bilan yakunlandi

Namangandagi YTH noxush oqibat bilan yakunlandi

Foto:«Iiv.uz»

13-sentyabr kuni Namangan viloyati, Namangan shahrida 1981-yilda tug‘ilgan A.A. «M-412» rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

U o‘zidan oldinda, yo‘lning belgilanmagan joyidan  kesib o‘tayotgan piyoda, 1969- yilda tug‘ilgan R.U.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, 51 yoshli piyoda R.U. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring