Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi tug‘uruq bo‘limi tartibga keltirildi

Namangandagi tug‘uruq bo‘limi tartibga keltirildi

Foto: SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limidagi palatalardan birida o‘rin-joylar sanitar-epidemiologik talablarga rioya etilmagan holda joylashtirilgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu videotasvirlarda Chortoq tuman tug‘uruq kompleksidagi bir kunlik navbatchilik holati aks etgan bo‘lib, voqea joriy yil 27-sentyabr kuni kuzatilgan.

Tahlillarga ko‘ra, shu yilning o‘tgan 9 oyida 50 o‘rinli tuman tug‘uruq bo‘limida 3700 nafardan ortiq homilador ayol farzandli bo‘lgan. Muassasada joriy yil sentyabr oyiga qadar kuniga o‘rtacha 13 ta tug‘uruq amalga oshirilgan bo‘lib, bu davr oralig‘ida shifoxonaning ortiqcha yuklama bilan ishlashi deyarli kuzatilmagan.

Biroq sentyabr oyida kunlik tug‘ilishlar soni o‘rtacha 20 taga ortib ketgani bois, shifoxonada o‘rin-joy yetishmasligi yuzaga kelgan.

«Olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuqoridagi muammoni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Ya’ni tibbiyot birlashmasidagi samarasiz ishlayotgan statsionar o‘rinlar hisobidan tug‘uruq bo‘limi uchun qo‘shimcha yana 20 ta, jami 70 ta o‘rin-joy ajratildi.

Ayni paytda muassasada homilador ayollarga sanitar-epidemiologik talablarga to‘la javob beradigan sharoitda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring