Namangandagi «qonli ariq» yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi (video)
18-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahriga oid «maktab va mahalla hududidan oqib o‘tuvchi kichik ariqdan har kuni qonli suv oqayotgani» to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi.
Viloyat FVB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, holat o‘rganilgani va muammoni bartaarf etish choralari ko‘rilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Namangan shahar IIB va FVB xodimlari tomonidan voqea joyi, ya’ni Yangi Namangan tumani, «Ishonch» MFY, G‘azina ko‘chasi o‘rganilganda, shu ko‘chada joylashgan kushxonadan chiqian chiqindi suv kanalizatsiya tarmog‘idan toshib ko‘chadagi ariqqa qo‘yilayotganligi aniqlangan.
Ayni paytda aniqlangan holatni bartaraf etish yuzasidan ishlar tashkillashtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter