Namanganda yirik karantin zonasi va shifoxona qurilmoqda (foto)
Namangan viloyati, Pop tumanining G‘urumsaroy qishlog‘ida boshlangan 1200 kishilik karantin zonasi hamda 150 kishilik maxsus shifoxona qurilishi jadal davom etmoqda. Bu haqd Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Umumiy maydoni 16, 3 gektarni tashkil qiladigan ushbu kompleksda shifokorlarga alohida xona, jarrohlik, jonlantirish bo‘limlari, muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlaridan tashqari karantin hududiga keltirilganlardan shu yerning o‘zida tahlil olish uchun laboratoriya, dorixona, oshxona, kir yuvish bo‘limi, utilizatsiya bo‘yicha alohida joy ham qurilmoqda. Ventilyasiya, tibbiy kislorod yetkazib berish, kommunikatsiya tizimlari hammasi zamonaviy tarzda jihozlanadi.
Qurilish maydoniga elektr energiyasi, gaz, suv tarmoqlari tortish bo‘yicha ham ishlar yuqori sur’atda tashkil etilgan.
1200 kishilik karantin zonasi maxsus jihozlangan konteynerlardan tashkil topadi. 150 kishilik shifoxona esa yengil konstruksiyalar asosida barpo etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Namanganda koronavirus bog‘liq ilk holat 25-mart kuni aniqlangandi. Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov aholiga murojaat bilan chiqib, ehtiyotkorlikka chaqirgan, hatto yangi kelin-kuyovlar ham virus yuqtirib olganini ta’kidlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter