Namanganda Xitoy kompaniyasi puliga turar-joy, mehmonxona va savdo majmuasi qurilmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Namangan shahrida obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish, yangi binolar qurish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida shaharning Ko‘zagarlik ko‘chasida xitoylik investorlar tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy mehmonxona, shopping-mol va ko‘p qavatli turar joy majmuasi qurilishini ko‘zdan kechirdi.
Mazkur loyiha «Namangan Qianging Investment» MChJ tomonidan 4 gektar maydonida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 30 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Qurilish ishlari 2019 yilda boshlangan bo‘lib, kelgusida bu yerda zamonaviy mehmonxona, shopping-mol va ko‘p qavatli turar-joylar barpo etiladi. Kompaniya tomonidan 2019 yilda 2 mln. AQSh dollari, 2020 yilning birinchi choragida 1 mln. AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilgan.
«Namangan Qianxing Invesment» kompaniyasi bilan 78 gektar maydonda barpo etiladigan «Namangan city» xalqaro ishbilarmonlik markazi, «Yuksalish» massivida 50 gektarlik hududda qad ko‘taradigan «Smart City» ekologik toza zamonaviy shaharcha, Marg‘ilon ko‘chasida 65 gektar maydonda quriladigan zamonaviy turar-joylar, mehmonxona va savdo markazi majmuasi loyihalarida kompaniya ishtirokini ko‘zda tutgan hamkorlik kelishuvlari imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter