Namanganda xalqaro «Gul bayrami»ning yubileyi qachon bo‘ladi?...
O‘tgan yili shu kunlarda Namangan shahrida yuqori saviyada tashkillashtirilgan 59-an’anaviy Xalqaro «Gul bayrami» avjiga chiqqandi. Bir hafta davom etib, yakuniy tantanali taqdirlash qismida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan gulchi va tashkilotga viloyat hokimining sovg‘asi - «Spark» avtomobili topshirilgandi, faxrli va rag‘batlantiruvchi o‘rinlarga qimmatbaho mukofotlar berilgandi.
Ochilish marosimida anvoyi gullar bilan bezatilgan mashinalar paradi unutilmas darajada uyushtirilib, barchaning havasini, hayratini oshirgandi.
O‘shanda ilk bor dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan jurnalistlar tashrif buyurib, xorijiy OAVlarda festivalning qizg‘in jarayonlarini keng yoritishgandi.
Joriy yil esa koronavirus pandemiyasi sabab 26 may - 1 iyun kunlari yubiley sifatida 60-marta o‘tkaziladigan bu katta tadbir ham to‘xtatildi. Umid qilamizki, karantin tadbirlari yakunida ushbu tadbir ham qaytadi.
Orifjon Jo‘rayev,
jurnalist
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter