Namanganda ruhiy kasal shaxs jinoyatga qo‘l urdi
2022-yil 24-sentyabr kuni soat 14:00 larda noma’lum shaxs A.Navoiy MFY hududida joylashgan istirohat bog‘i oldida 55 yoshli Yo.M.ga tegishli bo‘lgan «VAZ-2106» rusumli avtoulovini olib qochib ketgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur avtomashina va uni boshqarib ketayotgan shaxs Yangiqo‘rg‘on tumani Buloqboshi hududida joylashgan dala maydonida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Gumondorning shaxsi tekshirilganda, u Yangiqo‘rg‘on tumani Sho‘rko‘l ko‘chasida yashovchi ruhiy kasal 30 yoshli K.M. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter