Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda qutqaruvchilar shu kunlarda cho‘kib ketgan 4 kishini qidirmoqda

Namanganda qutqaruvchilar shu kunlarda cho‘kib ketgan 4 kishini qidirmoqda

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarni taqiqlangan hududlarda cho‘milishdan ogohlantirib, ayni paytda viloyat hududidagi suv havzalarida qutqaruvchilar tomonidan 4 nafar fuqaro qidirilayotganini bildirdi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoda 2011-yil va 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan 2 nafar o‘g‘il bolalar suvda qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan suv osti va tuman yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan suv usti qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari viloyatning Uchqo‘rg‘on tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Katta Andijon» kanalida 17 iyul kuni 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro, 23-iyul kuni esa Pop tumani Sirdaryo daryosida 1973-yilda tug‘ilgan fuqarolar cho‘kib ketganlikda gumon qilinib qidirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring