Namanganda Qur’oni karimning noyob qo‘lyozma nusxasi saqlanadi (foto)
Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida saqlanayotgan Qur’oni karimning qo‘lyozma nusxasi hajm jihatdan O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi Qur’oni Usmoniydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mazkur qo‘lyozmaning bo‘yi 74, eni 51, qalinligi 12 santimetrni, og‘irligi 21,5 kilogrammni tashkil etadi.
Hazrati Mavlono Xoja Lutfulloh Chustiy xonaqohiga tegishli ekanligi bildirilgan kitob hijriy 1291 (melodiy 1874) yilda ko‘chirib tugatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter