Namanganda qaysi tizimga necha million dollardan ajratilishi ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyat faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Xabar.uz muxbiri tomonidan ma’lum qilinishicha, viloyatda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash uchun bir qator chora-tadbirlar ko‘riladi.
Xususan, Namangan viloyati uchun qo‘shimcha ravishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 60 million dollar ajratiladi. Namangan shahrining issiqlik tizimi 15 mln. dollar evaziga qayta qurilsa, eski shahar infrastrukturasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, shahardagi Yangiariq, Shimoliy Farg‘ona kanallari va Namangansoy qirg‘oqlarini obodonlashtirishga 10 mln. dollar beriladi.
Shuningdek:
- kichik va yoshlar sanoat zonalarini rivojlantirishga 5 mln. dollar,
- ichki va ziyorat turizmini rivojlantirishga 5 mln. dollar,
- «mahallabay» ishlash orqali aniqlangan drayver loyihalarni moliyalashtirishga 10 mln. dollar,
- limonchilikni rivojlantirishga 10 mln. dollar,
- kreditlarning foiz to‘lovlarini bir qismini qoplashga 5 mln. dollar yo‘naltiriladi.
«Mahallabay» ishlash tizimida yana bir muhim masala bu sektorlarning javobgarligi va mas’uliyatidir. Agar sektor rahbarlari yuqorida aytilgan ishlarni to‘g‘ri tashkil etsa, Namangan viloyatida umuman kambag‘allik bo‘lmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter