Namanganda o‘g‘irlangan Qur’on topildi. Ikki gumondor qo‘lga olingan
Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohidan o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim mushafi topildi.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati bergan xabarga ko‘ra, boshqarma tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qo‘lyozma nusxasi Namangan shahridagi xonadonlardan biriga yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qur’onning qo‘lyozma nusxasiga hech qanday zarar yetmagan.
O‘g‘irlikda gumon qilinayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9 avgustdan 10 avgustga o‘tar kechasi soat 00:04larda noma’lum shaxslar «Sulton Uvays Qaraniy» ziyoratgohida saqlanib kelgan Qur’oni Karim kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab, noma’lum tomonga yashiringani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter