Namanganda noyob jinoyat sodir etildi
2021-yil 2-sentyabr kuni Kosonsoy tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. U shu yil 13-avgust kunidan 31-avgust kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida MChJga qarashli Kosonsoy tumanida joylashgan dorixonasiga muqaddam shu dorixonada ishchi bo‘lib ishlagan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro dorixona eshigini ochib bir necha marotaba o‘g‘irlikka kirib, jami 200.000 so‘mdan ortiq dori vositalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 2-sentyabr kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter