Namanganda metall quyish sexida portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
15-fevral, chorshanba kuni Namangan tumanida joylashgan cho‘yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklav) da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda ushbu sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati olgan, 2 nafari hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter