Namanganda MChJ rahbari va «Agrobank» xodimi kredit mablag‘larini talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

«To‘raqo‘rg‘on A.T.» MChJ rahbari G‘.T. (1981-y.t.) ATB «Agrobank» To‘raqo‘rg‘on tumani filiali bo‘lim boshlig‘i N.E. (1990-y.t.) bilan birgalikda ushbu bankdan 4 nafar fuqarolarning nomlariga jami 99,2 mln. so‘m kredit pul mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter