Namanganda Markaziy Osiyodagi yagona bo‘lgan kartodrom qurildi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida jahon standartlariga to‘la mos keluvchi uch konfiguratsiyali kartodrom bunyod etildi.
«Vatanparvar» tashkilotining texnik va amaliy sport turlari tarkibiga kiruvchi avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmi rivojlantiriladi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi o‘quv sport texnika klubi tasarrufidagi 1,70 gektar yer maydonida boshlangan qurilish ishlari natijasida tez orada kartodromda hakamlar va tibbiyot xodimlari xonalari, o‘g‘il va qiz bolalar kiyinish va yuvinish xonalari, kartinglarni ta’mirlash ustaxonalari barpo etildi.

Mavjud 870 metrdan iborat kartodrom hududidan qo‘shimcha 0.50 gektar yer maydoni sotib olinib, xalqaro talablarga javob beradigan umumiy uzunligi 1050 metr bo‘lgan uch yo‘nalishli (1-yo‘nalish 831 metr), (2-yo‘nalish 825 metr), (3- yo‘nalish 855 metr) yangi zamonaviy kartodrom qayta bunyod qilindi.
Yangi kartodromda respublika va xalqaro darajadagi sport musobaqalarini sifatli va tizimli o‘tkazish, shuningdek, Namangan viloyatida sport turizmini rivojlantirish maqsadida «Karting poygasi» bo‘yicha viloyat hokimi kubogi uchun xalqaro musobaqa o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter