Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb etilganligi holatini vazirlik o‘rganadi

Namanganda maktab o‘qituvchilarining majburiy mehnatga jalb etilganligi holatini vazirlik o‘rganadi

Foto: kun.uz

Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan 54 ta maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu vaziyatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning shikoyatlarini qabul qiluvchi virtual inspektorni ishga tushirgan. O‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring