Namanganda ko‘prikdagi o‘pirilish sabab harakat vaqtincha cheklandi
Ob-havo o‘zgarib, yomgir yog‘ishi natijasida Kosonsoy tumani tomonidan sel toshqini kelib, Namangan shahar hududidan o‘tgan 4R-117 «To‘raqo‘rg‘on-Namangan-Chortoq» avtomobil yo‘lining 15-kilometrida joylashgan ko‘prikka zarar yetganligi sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat to‘liq cheklandi.
Shuningdek, 4R-112 «Farg‘ona xalka yo‘li» avtomobil yo‘lining 73-kilometrida joylashgan «Tashlama» ko‘prigiga zarar yetganligi sabab sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama tashkil etilgan) cheklandi.
«Barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilariga rioya qilib, tirbandliklarni oldini olish maqsadida vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘raymiz», deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter