Namanganda kelasi yil palov bayrami o‘tkaziladi

Namangan viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan xalqaro an’anaviy «Taste of Uzbekistan» gastronomik festivalini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra 2021-yilda Namanganda katta palov bayrami o‘tkaziladi. Tadbirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan 50 mingdan ortiq sayyohlar ishtirok etishi kutilmoqda, deya yozadi O‘zA.
Ayni paytda zamonaviy Chust osh markazini barpo etish yuzasidan amaliy ishlar boshlangan. Ushbu markaz Chust do‘ppisi va Chust pichog‘i xalqaro muzeylari bilan bir joyda qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eng arzon palov Namangan va Qoraqalpog‘istonda tayyorlanishi aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter