Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda itni daraxtga osgan bolalar shaxsi aniqlandi

Namanganda itni daraxtga osgan bolalar shaxsi aniqlandi

Ushbu holat tasviri tushirilgan videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. «Tik tok» ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 24-may kuni, Chortoq tumani «Sohibkor» MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi, Chortoq tumani XTBga qarashli umumtalim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.H. shu mahallada yashovchi, 5-sinf o‘quvchisi Z.Sh. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib tashlab kelish maqsadida o‘zi bilan birga olib ketib, o‘zlari sodir etayotgan harakatlarni huquqiy oqibatini tushunib yetmasdan itni chinor daraxtiga osgan. 

Ushbu holatni Chortoq tumani «Hayrli» MFYda yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan I.B. vidotasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «sinfdoshlar» gruppasiga tashlagan.

27-may kuni ushbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. «Tik tok» ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan.

Qayd etilishicha, hozirda videotasvirdagi kuchukning ahvoli yaxshi va H.H. tomonidan parvarishlab kelinmoqda.

Xolat yuzasidan Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilib, aybdor shaxslarni javobgarlik masalasini hal etishlik uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring