Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yetti kishi liftda qamalib qoldi

Namanganda yetti kishi liftda qamalib qoldi

Namangan viloyati, Davlatobod tumanida yetti kishi lift ichida qolib ketdi. Bu haqda viloyat FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 13fevral kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor 1050 qisqa raqamiga Davlatobod tumani Yuksalish dahasi Navqiron ko‘cha 41-uyning liftda 7 nafar fuqaro qamalib qolganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Zudlik bilan voqea joyiga boshqarma Yong‘in-qutqaruv otryadining qutqaruvchilari yetib borib, lift ichida qolgan 7 (1 nafar erkak kishi, 5 nafar ayol kishi va 1 nafar 5 yoshli bola) kishini sog‘-salomat lift ichidan qutqarib olindi, deyiladi xabarda

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring