Namanganda deputat pora bilan qo‘lga tushdi (video)
2022-yil 13-avgust kuni Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimligida ishlovchi shaxs undan subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditini olib berish maqsadida 500 dollar so‘raganini aytgan.
Ayol esa shu yilning 18-iyul kuni unga so‘ralgan pullarni berganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 13-avgust kuni soat 13:00da mazkur shaxs tumanning ko‘p tarmoqli shifoxonasida ayoldan kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSh dollar hamda 1 millon 100 ming so‘m pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olingan.
Surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, ushbu fuqaro Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter