Namanganda asalari uyalari o‘g‘irlab ketilgandi. Lekin...
2021-yil 4-fevral kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu yil 1-fevral kunidan 3-fevral kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroning yashash uyi oldida joylashgan qurilishi yakunlanmagan uchastkasiga qo‘ygan narxi 15.000.000 so‘mlik 12 ta qutidagi asalari uyalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektori va TB katta tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter