Namanganda 2 yashar qizcha o‘zi yotadigan manejni yoqib yubordi

Иллюстратив фото
2019-yil 7-yanvar kuni Namangan shahar «Quyi Rovuston» MFYda yashovchi 25 yoshli N.F.(ismli ayol)ning uyida 2 yashar qizi M.A. bolalar maneji ichida nazoratsiz qolib, gugurt o‘ynashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Natijada alanga xonadagi pardaga o‘tib, yonayotgan parda bolaning ustiga tushgan vaqtida N.F. tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda ona va bola kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganlar, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter