Namanganda 17 yoshli qiz «er kerak» deb yozilgan plakat ko‘tarib chiqdi. Holatga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda 17 yoshli qizning ko‘chaga «er kerak» deb yozilgan plakat ko‘tarib chiqqani aks etgan videotasvir tarqaldi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mazkur holat hududiy boshqarma mas’ullari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilganini ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, videoda Davlatobod tumani «Navbahor» mahallasida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan D.R.ning xatti-harakatlari aks etgan. Videolavha esa Yangi Namangan tumanidagi go‘zallik saloni xodimlari tomonidan salon mijozlari va kanalidagi obunachilarning sonini ko‘paytirish maqsadida olingani ma’lum qilingan.
«Holat yuzasidan mas’ul idoralar vakillari tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu videolavha bilan bog‘liq holatlar jamiyatda o‘rnatilgan qoidalarni mensimaslik, qolaversa, turli maqsadlar yo‘lida voyaga yetmagan shaxsdan foydalanish, odamlarning fikrini manipulyasiya qilish, chalg‘itish sifatida jamoatchilikning o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘ldi», – deyiladi Qo‘mitaning rasmiy munosabatida.
Qo‘mita, shuningdek, har bir shaxs jamiyatdagi ma’rifiy qoidalarni hurmat qilishi zarurligini ta’kidlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter