Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 12 yoshli qiz cho‘kib ketgan. Uning jasadi 3 haftadan buyon qidirilyapti

Namanganda 12 yoshli qiz cho‘kib ketgan. Uning jasadi 3 haftadan buyon qidirilyapti

Namanganda uch hafta avval cho‘kib ketgan 12 yoshli qizchaning jasadi hanuzgacha qidirilmoqda.

Viloyat FVBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida Norin  tumani Uchtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashagan 12 yosh qizcha o‘rtoqlari bilan cho‘milish maqsadida borib, cho‘milish vaqtida cho‘kib ketgan.

Qizcha cho‘kkan kundan buyog‘iga Namangan viloyati FVBning suvda qutqaruv-qidiruv guruhi suv ostida hamda Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani FVB qutqaruvchilari, Milliy givardiya, Ichki ishlar hodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hurmatli ota-onalar, farzandlariningizni cho‘milish havzalarida nazoratsiz qoldirmang!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring