Namanganda 1 kunda 138 ta mashina jarimaga maydoniga tortildi

Namangan shahrida 138 nafar haydovchi 87,6 mln. so‘m jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun ularning mashinalari vaqtinchalik jarima maydoniga tortilgan.
Xabarga ko‘ra, 8 aprel kuni jarimalarni to‘lamayotgan fuqarolar va ular boshqaruvidagi transport vositalariga nisbatan reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, yo‘l qoidalarini buzganlik uchun qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lamagan qarzdorlarga nisbatan 10050 ta hujjat mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter