Namangan viloyatining sobiq hokimi vafot etdi
Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Otaxonovich Jabborov og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
To‘lqin Jabborov 1950 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996−2004 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ish yuritgan. 2000−2005 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan.
U rahbarlik qilgan yillarda viloyatning qishloq xo‘jaligi, qurilish, agrar kabi sohalar rivojiga hissa qo‘shgan.
«Ajoyib inson, fidoyi rahbar To‘lqin Otaxonovich Jabborovning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter