Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ishtirok etgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, adliya katta maslahatchisi Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlangan. Ushbu ma’lumotni matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Xabar.uzga tasdiqladi.
Qayd etilishicha, Bektosh Sayipov 2021 yilning mart oyidan tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Ta’kidlash kerakki, avvalgi prokuror Hatamov Jahongir Jo‘rayevich Samarqand viloyati prokurori bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter