Namangan viloyatida zilzila kuzatildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 05.05.2024 13:16 da (05.05.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 08:16 da) zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Namangan viloyati, Kosonsoy tumani. Zilzila koordinatalari: 41,25 gradus shimoliy kenglik; 71,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,7. Chuqurlik 14 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 194 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Kosonsoy tumanida 3 ball, 8 km.
Yangiqo‘rg‘on tumanida 2-3 ball, 14 km.
Chortoq tumanida 2 ball, 28 km.
Namangan shahrida 2 ball, 30 km.
To‘raqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 34 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter