Namangan: o‘g‘ri qo‘shni ayol bo‘lib chiqdi

Chust tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizada 4-iyul kuni noma’lum shaxs uning hovlisiga kirib, qaynonasiga tegishli bo‘lgan sumkani ichidan plastik karta hamda pullarni o‘g‘irlab ketganini bayon qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, arizachining bir devor qo‘shnisi bo‘lgan 1986-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan va xolislar ishtirokida undan daliliy ashyolar olingan.
Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter