Namanganda ham yirik o‘g‘irlik qayd etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «G.» MFY hududidagi savdo do‘koni hamda fuqaro K.K.ning xonadonidagi ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 496 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Sirdaryodagi zapravkada 62,5 milliardlik gaz o‘g‘irlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter