Namangan IIB aholini ogohlantirdi
Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi aholini viloyatning ayrim tumanlardagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslik haqida ogohlantirdi.
«Hurmatli hamyurtlar! Kosonsoy tumanida yuzaga kelgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida tumanning tog‘li hududiga sel kelgani va buning oqibatida bir necha fuqarolar jabr ko‘rganini ma’lum qilamiz. Shu boisdan Namangan viloyati IIB barcha fuqarolar va harakat ishtirokchilaridan zarur ish bo‘lmagan taqdirda Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslikni tavsiya etadi.
Tabiiy hodisalarga befarq qaramay, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun uyda qoling!», deyiladi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Kosonsoydagi sel oqibatida 8 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter