Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nafaqadagi ona mulk talab qilgan o‘g‘ilning boshiga bolg‘a bilan tushirdi

Nafaqadagi ona mulk talab qilgan o‘g‘ilning boshiga bolg‘a bilan tushirdi

Ayrim yoshlar havoyi nafs ilinjida ota-ona rizoligi u yoqda tursin, mol-mulkiga tajovuz qilishdan tap tortmayapti, deyiladi Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-avgust kuni soat 01:30 larda Qarshi tumani «Jumabozor» mahallasida yashovchi yigirma olti yoshli N.Sh. mast holda nafaqaxo‘r onasi E.Z.dan «Damas» avtomashinasi va uy-joylarini nomiga o‘tkazib berishni so‘raydi.

Kunora mast-alast yuradigan o‘g‘ilni aldamoqchi bo‘lganda ona va bola o‘rtasida dahanaki aytishuv boshlanadi. Natijada o‘g‘il onasini og‘izga olib bo‘lmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgach, o‘rtada janjal kelib chiqadi. Janjal vaqtida E.Z. qo‘liga temir bolg‘ani olib o‘g‘li N.Sh.ning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazadi.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring