«Manchester Yunayted» sensatsiya ko‘rsatdi (video)

Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida yana bir sensatsiya yuz berdi. Kechagi o‘yinlarda «Ayaks» iroda ko‘rsatgan bo‘lsa, bu kecha «MYu» o‘z uslubida raqibini dog‘da qoldirdi.
Ilk uchrashuvda o‘z maydonida mag‘lub bo‘lgan «Manchester Yunayted» ko‘plar uchun kutilmaganda safarda «PSJ»ni 1:3 hisobida yengdi.
Uchrashuvning 92-daqiqasida Reshfordning penaltidan urgan goli «qizil iblis»larni keyingi bosqichga olib chiqdi.
PSJ – Manchester Yunayted 1:3
Gollar: 0:1 – 2 Lukaku, 1:1 – 12 Bernat, 1:2 – 30 Lukaku, 1:3 – 90, penalti Reshford.
PSJ – Buffon, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Dani Alves (Kavani, 90), Di Mariya, Verratti, Kerer (Paredes, 70), Draksler (Mene, 70), Bernat, Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Diogu Dalot, 36), Lindelef, Shou, Smolling, Maktomini, Fred, Pereyra (Chong, 80), Yang (Grinvud, 87), Lukaku, Reshford.
Ogohlantirishlar: Di Mariya (34), Paredes (75), Shou (90).
Ilk uchrashuv: 2:0
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter