Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MyID bilan sayohat: endi mehmonxonalar hujjat so‘ramaydi

MyID bilan sayohat: endi mehmonxonalar hujjat so‘ramaydi

Foto: Xabar.uz

Turizm va ichki sayohatni yanada qulaylashtirish maqsadida hukumatimiz tomonidan ulkan qadam qo‘yildi. Endilikda mamlakatimizning turli go‘shalarini sayr qilish va mehmonxonalarda to‘xtash yanada oson bo‘ladi.

O‘zbekiston fuqarolari Yagona milliy turizm platformasi orqali mehmonxonada joy band qilar ekan, o‘z shaxsini tasdiqlovchi hech qanday qog‘oz hujjat taqdim etishlarii shart bo‘lmaydi. Faqatgina MyID tizimida identifikatsiyadan o‘tishning o‘zi kifoya qiladi.

Bu imkoniyat Prezidentimizning sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha qabul qilingan farmoni asosida hayotga tatbiq etilmoqda. Texnologiyalar yordamida yurtimizda turizm sohasi yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilyapti.

2025 yil 1 sentyabrdan ishga tushirilishi rejalashtirilgan Yagona milliy turizm platformasi nafaqat mehmonxona band qilishni, balki avtoijara, taksi, poyezd, avtobus va havo chiptalarini xarid qilish, muzeylar va attraksionlar, gid va ekskursovod xizmatlarini ham bir joyda taqdim etadi.

Mehmonxonalarning shaxsiy kabinetlari QR-kod yoki yuzni tanish tizimi orqali mehmonlarni avtomatik identifikatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa vaqtni tejaydi, ortiqcha hujjatbozlikka barham beradi va sayohatni yoqimli qiladi.

Qolaversa, bunday iqtisodiyotga ham foyda. Endi sayohat qilish, oila bilan dam olish, O‘zbekistonning go‘zal hududlari bilan tanishish uchun hech qanday to‘siq qolmadi. MyID orqali har bir fuqaro o‘z sayohatini bemalol rejalashtira oladi.

Yangi imkoniyatlardan unumli foydalaning. Yurtimiz bo‘ylab sayohatni boshlang.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring