Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

my.gov.uz orqali «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)

my.gov.uz orqali «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)

Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli ko‘chmas mulk ma’lumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Shuningdek, farzandni doimiy ro‘yxatingiz bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish imkoniyati ham yaratildi. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan so‘rov orqali tasdiqlanadi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo‘ylab doimiy ro‘yxatga qo‘yish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor o‘zini doimiy ro‘yxatga qo‘ya oladi.
  • Mulkdor o‘z farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati bo‘ylab doimiy ro‘yxatga qo‘ya oladi (agar farzandlarining manzil ma’lumotlari Ichki ishlar vazirligi «Manzil» axborot tizimida mavjud bo‘lsa).
  • Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy ro‘yxatga turmoqchi bo‘lsa.

Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat etish lozim.

Videoqo‘llanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring