MY5 telekanali ma’muriy javobgarlikka tortildi
Joriy yilning 11-avgust kuni Intellektual mulk agentligiga «O‘zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi»ning o‘z a’zolarining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati kelib tushdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rasmiy kanalida xabar berildi.
Murojaatda «Mening yurtim» telekanali tomonidan «O‘zbekiston kino ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi»ning o‘z a’zolariga tegishli bo‘lgan kinofilmlar ularning ruxsatisiz va shartnoma tuzmasdan efirga uzatilganligi ta’kidlangan.
Mazkur ma’muriy ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, «Mening yurtim» telekanalining mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-(1)-moddasi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter