Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aytgan MXXni isloh etish bo‘yicha qonun joriy yilda qabul qilinadi

Prezident aytgan MXXni isloh etish bo‘yicha qonun joriy yilda qabul qilinadi

Foto: «President.uz»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

Loyihaga ko‘ra, hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilishi mo‘ljallangan.

Mazkur qonun loyihasini tayyorlash muddati 2018-yil 10-oktabrga qadar etib belgilandi. Unga Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi mas’ul etildi.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasida davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining vazifa va funksiyalari, huquqiy maqomi, vakolatlari hamda bu sohadagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatning samaradorligi mezonlari belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti kelganini ta’kidlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring